
Mehr – muruvvat hayriya jamoat fondi amalga oshirayotgan loyihalarining eng asosiylaridan biri bu Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Qizilmusht mahallasida qurilayotgan “Mehr – muruvvat” uyi.
Mehr – muruvvat uyi loyihasi 2021 – yilda qurilishi boshlangan bo‘lib, 5 qavatli 20 honadondan iborat. Boquvchisini yo‘qotgan, yaqin qarindoshlari bilan birga yashash sharoiti yaxshi bo‘lmagan, ijaralarda, ko‘chalarda yetim bolalari bilan sarson yurgan xotin – qizlarimiz voyaga yetmagan farzandlari bilan “Mehr – muruvvat” uyida bepul yashash bilan birgalikda moddiy va ma’naviy ko‘mak ham oladilar .
2021 – 2025 – yillar davomida “Mehr – muruvvat” uyining qurilishi uchun fond tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar, aksiyalar va targ‘ibotlar orqali 1 664 955 541 so‘m mablag‘ to‘plandi. Qolaversa, qurilish mollari mahsulot ko‘rinishida 177 055 236 so‘mlik hayriya mollari to‘plandi.
“Mehr – muruvvat” uyining nizomi asosida nomzodlar hujjatlarini topshirib, ushbu uyda yashash va moddiy – ma’naviy ko‘mak olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.