
“Yoshlar oyligi” doirasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” dam olish maskanida bo‘lib o‘tayotgan NNT yoshlari yozgi oromgohining o‘quv-seminarlari boshlandi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda Oliy Majlis huzuridagi va O‘zbekiston NNTlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari hamkorligida tashkil etilmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilarga maqsadli loyihalarni shakllantirish, fandrayzing, shaffoflik va barqaror moliyalashtirish masalalari o‘rgatilmoqda.








