Mehr-Muruvvat

“Mehr-Muruvvat uyi”ga 16 ta yangi eshik o‘rnatildi

“Mehr-Muruvvat uyi”ga 16 ta yangi eshik o‘rnatildi

“Mehr-Muruvvat uyini birga quramiz” loyihasi doirasida 16 ta eshik o'rnatdik.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan davlat granti doirasida “Mehr-Muruvvat uyini birga quramiz” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 40 million so‘m mablag‘ evaziga “Mehr-Muruvvat uyi”ga 16 dona zamonaviy eshik o‘rnatildi.

Mazkur ishlar uyning qurilish-ta’mirlash jarayonini yakunlash, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda ehtiyojmand fuqarolar uchun munosib va qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

Har bir bunyodkorlik ishi — inson qadri, mehr-oqibat va ezgulik sari qo‘yilgan muhim qadamdir. “Mehr-Muruvvat uyi” loyihasi orqali biz yordamga muhtoj insonlar uchun nafaqat boshpana, balki mehr, e’tibor va umid maskanini barpo etishni maqsad qilganmiz.

Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha hamkorlar va saxovatpesha insonlarga minnatdorlik bildiramiz!

Birgalikda — mehr ulashamiz, birgalikda — “Mehr-Muruvvat uyi”ni quramiz!