Mehr-Muruvvat

“Mehr-Muruvvat uyi”da ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi o‘rnatildi

“Mehr-Muruvvat uyi”da ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi o‘rnatildi

“Mehr-Muruvvat uyini birga quramiz”: ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi o‘rnatildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan davlat granti doirasida “Mehr-Muruvvat uyini birga quramiz” loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 31 million so‘m mablag‘ evaziga “Mehr-Muruvvat uyi”ning ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini tashkil etish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirildi.

Bajarilgan ishlar:

4 dona kanalizatsiya qudug‘i (kolodets) o‘rnatildi;

75 metr 300 mm lik kanalizatsiya quvuri yotqizildi;

155 metr masofaga ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini tushirish ishlari bajarildi;

barcha ishlar zamonaviy talablar asosida amalga oshirildi.

Mazkur ishlarning umumiy qiymati 31 000 000 so‘mni tashkil etdi.

Ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimining o‘rnatilishi “Mehr-Muruvvat uyi”ning muhandislik infratuzilmasini yaxshilash, qurilish jarayonini yakunlash hamda kelgusida bu maskanda istiqomat qiladigan ehtiyojmand insonlar uchun qulay, toza va munosib yashash sharoitlarini yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

“Mehr-Muruvvat uyi” — bu shunchaki bino emas. Bu mehr, e’tibor, inson qadri va ezgulik maskanidir.

Ushbu ezgu loyihani amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlayotgan davlat tashkilotlari, hamkorlar, saxovatpesha insonlar va barcha ko‘mak berayotgan yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Birgalikda — mehr ulashamiz!
Birgalikda — “Mehr-Muruvvat uyi”ni quramiz!