Mehr-Muruvvat

«Mehr Muruvvat» fondi raisi davlat mukofoti bilan taqdirlandi

«Mehr Muruvvat» fondi raisi davlat mukofoti bilan taqdirlandi

«Mehr Muruvvat» xayriya jamoat fondi raisi davlat mukofoti bilan taqdirlandi

«Mehr Muruvvat» xayriya jamoat fondi raisi Husanov Rustamjon Ravshanjon o‘g‘li ijtimoiy tashabbuslari va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur yuksak e’tirof Rustamjon Husanovning jamiyatda ezgulik, mehr-muruvvat va insonparvarlik tamoyillarini targ‘ib etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xayriya yo‘nalishidagi tashabbuslarni rivojlantirish borasidagi faoliyatiga berilgan munosib bahodir.

«Mehr Muruvvat» xayriya jamoat fondi jamoasi ushbu e’tirofdan mamnunligini bildiradi va kelgusida ham ezgu tashabbuslarni davom ettirishga intiladi.